Qoratol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qoratol - toldoshlarga mansub daraxt turi. Boʻyi baland, 20 – 30 m, tanasi poʻstlogʻi, novdalari jigarrangqizil, tuksiz. Barglari nashtarsimon, qirralari yirik tishchali. Toʻpguli ayrim jinsli kuchala, barglari chiqishi bilan bir vaqtda gullaydi. Mevasi ikki chanokdi koʻsak. Urugʻi mayda, uzun tukli. Daryo boʻylarida, shoʻr tuproqlarda oʻsadi. Oʻzbekistonning shahar va qishloqlarida manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi, ihota daraxtzorlari barpo etishda foydalaniladi. Novdasi (xivchini)dan savatlar toʻqiladi. Qalamchasi va poyalaridan ekib koʻpaytiriladi.