Qorasuv (soy)
Qiyofa
Qorasuv — Samarqand viloyati Pay-ariq tumanidagi soy. Uzunligi 66 km, havzasining maydoni 1380 km2. Nurota tizmasidagi Toʻngʻizlitov choʻqqisi (1905 m)ning jan. yon bagʻridan boshlanadi. Oltibosar qishlogʻining shim.-sharqiy chekkasida (1,3 km) Zarafshon daryosining Oqdaryo tarmogʻiga quyiladi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 1,28 m3/sek. Payariq tumani ekin may-donlarini suv bilan taʼminlaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |