Qoraqalpoq teatri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qoraqalpoq teatri, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri — Qora-qalpogʻistonning koʻhna teatrlaridan. 1926 yil "Tong nuri" truppasi asosida tashkil boʻlgan. Tashkshyutchilari Zarip qosimov, Abdiramon Oʻtepov, Qosim Avezov va Asan Begimovlar. Birinchi badiiy rahbari — Zarip Qosimov. A. Oʻte-pov, J.Oymurzayev, G.Ubaydullayev, M.Matjonov, B.Seitov, J.Seitova, T.Seytmamutovlar teatrning dastlabki ijodkorlaridir. Teatr "Tilak yoʻlida" (qarangAvezov) spektakli bilan ochilgan. Teatr faoliyatini "Odeko-lon", "Ana xolos", "Tengini topgan qiz", "Saidmurod yalqov", "Koʻz boʻya-machi vakil", "Bu kim" kabi spektakllar bilan boshladi. 1930 yil "Qoraqalpoq davlat teatri" maqomi beriladi. 1934 yil Moskva davlat teatr sanʼati instituti qoshida Qoraqalpoq studiyasi ochiladi. 1939 yil teatrga shu institutni tugatib kelgan 27 aktyor va rej.lar kelib qoʻshiladi. Bularning orasida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artistlari Yoʻldosh Sharipov. Turesh Ollanaza-rov, Xolmurod Saparov, Yoʻldosh mamutov, Sabirbay Oʻtepbergenov, Madraim Matjonov, Yoqut Ollamurodo-valar bor edi. Teatr hayotida yangi davr boshlanadi. 1939 yil teatrga K.S.Stanislavskiy nomi berildi va teatr "Stanislavskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali drama va kome-diya teatri" deb yuritila boshladi. "Vassa Jeleznova" (M.Gorkiy), "Maysaraning ishi" (Hamza), "Kam-bagʻallik ayb emas" (A. Ostrovskiy), "Skapenning nayranglari" (Molyer), "Alpomish" (N.Dovqorayev), "Rus kishilari" (K.Simonov) va boshqa spek-takllar milliy rejissura va aktyorlik sanʼati balogʻatga yetganligini namoyon qildi.

1941—45 yillar teatr jamoasi oʻz repertuarini milliy va qardosh xalqlar dramaturgiyasi namunalari bilan boyitdi. "Leytenant Elmurotov" (J.Oymurzayev), "Qurbon Umarov" (S.Abdulla, Chustiy), "Oftobxon" (K. Yashin), "Tohir va Zuhra" (S.Abdulla; T.Jalilov musiqasi), "Besh soʻmlik kelin" (Urdubodu) kabi musiqali drama va publitsistik yoʻnalishdagi sahna asarlari shular jumlasidan. 1950 yil teatr Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tuga-tib kelgan yosh mutaxassislar bilan toʻldirildi. Rej.lik boʻlimini tuga-tib kelgan T.Ollanazarov birinchi qoraqalpoq professional rej.i boʻldi.

Urushdan keyingi yillarda teatrda O.Shomurotova, Japats baxshi Shomurotov, B.Kamenev, A.Hashimov, G. Sheroziyeva, T.Rahmonova, R. Sei-tov, S.Xoʻjaniyozov, G.Doshumov, Z.Zaripov. S.Oʻtepbergenov, T.Jo-limbetova, S.Yusupova, S.Qoraboyeva, Ya.Ollamurotova, X.Saparov, S.Ollamurotova, S. Avezova, O.Davletova, O.Umitqulov va boshqa faoliyat koʻrsatishgan.

Teatrning keyingi repertuari mavzu va janr jihatidan boyidi. Zamonaviy, tarixiy mavzularda, milliy dramaturgiya, oʻzbek va qozoq dramaturgiyasi namunalari hamda Gʻarbiy Yevropa dramaturgiyasining mumtoz asarlari sahnalashtirildi: "Oygul va Obot" (J.Oy-murzayev), "Suymaganga suykanma" (S.Xoʻjaniyozov), "Oltin koʻl" (Uygʻun; M.Leviyev musiqasi), "Shohi soʻzana" (A.Qahhor), "Oshiq Gʻarib" (Begimov, T.Ollanazarov), "Tartyuf" (J. Molyer), "Oʻgʻirlangan baxt" (I.Franko), "Yurak sirlari" (B.Rahmonov), "Koʻz Koʻrpesh Bayan sulu" (G.Musrepov) va boshqa "Berdaq", "Qadrdon doktor", "Sheberxonning chirmovigʻi" (J. Oymurzayev), "Talu-as", "Ziyoda". "Baxt" (S.Xoʻjaniyozov), "Toshbolta oshiq" (H.Gʻulom), "Togʻa-jiyanlar" (R.Bobo-jon), "Shubha" (Uygʻun), "Prokuror" (Yo. Shuku-rov) kabilar 50—60-yillarning eng yaxshi spektakllari boʻldi.

60-yillarning oxirrogʻiga kelib teatrda avlodlar almashuvi natijasida turgʻunlik davri boshlandi. 70-yillar yoshlar hisobiga teatr yana oʻz mavqeini tiklab oldi. Teatrga kelgan Quatbay Abdreimov, najimatdin Ansatboyev, Dosbergen Ranov, Rayhon Saparova, Jolgas Sultaboyev, Bayram Matjonov va boshqa qoraqalpoq teatr sanʼatini yangi gʻoyalar va yechimlar, obraz va mavzular bilan boyitdilar. "Otello" (U.Shekspir), "Tartyuf" (J.Molyer), "Ikki boyga bir malay" (K.Gol-doni), "Ona yer, ona" (CHAytmatov), "Revizor" (N.Gogol), "Oy tutilgan tunda" (M. Karim), "Oʻn uchinchi rais" (A.Abdullin), "Tobutdan tovush" (A.Qahhor), "Arizasiga koʻra" (Oʻ.Umarbekov), "Andermushlik Atmandar" (T.Minullin), "Xonuma" (Sagareli) kabi spektakllar qoʻyildi. 1987 yil teatr jamoasi I.Yusu-pov librettosiga N. Muhameddinov musiqasi bilan birinchi qoraqalpoq operasi ("Ajiniyoz")ni sahnalashtirdi. 1991 yil teatrga Berdaq nomi berildi. Keyinchalik "Maysaraning ishi", "Aleko" operalari, 1996 yil birinchi qoraqalpoq baleti ("Oyjamol") sahnaga qoʻyildi.

Mustaqillik gʻoyalari bilan sugʻorilgan, yangi zamon qahramoni, tarixiy shaxslarimiz siymosi gavdalangan, mehr-muruvvat mavzusi, Vatanga muhabbat va boshqa mavzular aks etgan asarlar keyingi yillar teatr sahnasidan mustahkam oʻrin oldi: "Sohib-qiron" (A. Oripov), "Adolatga xiyo-nat" (S. Xoʻjaniyozov), "Ernazar Olakoʻz" (A. Utaliyev). "Injiqning muhabbati", "Yovvoyi gullar" (K.Rahmonov), "Sharyar", "Kechikkan muhabbat" (K.Matmurotov), "Tirsek" va boshqa

SH.Utemuratov, M.Sapayeva, Z.Piyozov, T.Qayipnazarova, O.Qosimbetov, B.Uzoqberganov, M.Xalmuratova, Z.Sayipova, J.Sultaboyev, B.Nazarimbetov, J. Sagʻindiqova, R.Kute-keyeva, E.Aytniyozova, M. Ismaylo-va, S. Davletova, QQalandarov va boshqa teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatrning badiiy rahbari va direktori Najimatdin Ansatboyev, bosh rej.i — Quatbay Abdreimov.

Teshaboy Bayandiyev.