Qoraqalpogʻiston (nashriyot)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"QORAQALPOGʻISTON" ("Qaraqalpaqstan") — Qoraqalpogʻistondagi nashriyot. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi tasarrufida. 1928 yil Qoraqalpoq davlat nashriyoti nomida tashkil etilgan. 1964 yil iyuldan hozirgi nomda. Nukus shahrida joylashgan. Nashriyot jahon adabiyoti klassiklari asarlarini, shuningdek, badiiy, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-texnik adabiyotlar, tibbiyot, oʻquv-pedagogika sohalariga oid asarlar nashr etadi. 1930—31 yillar "Q."ning Toʻrtkoʻldagi bosmaxonasi hamda gaz. tahririyatlari birlashib, qoraqalpoq va qozoq tillarida, jami 46 nomda kitoblar nashr etgan. 2004 yil "Qoraqalpogʻiston" nashriyotida 53 nomda 141 ming 500 nusxada bosma mahsulot nashr etildi.