Qorapoya moyqoragʻon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qorapoya moyqoragʻon
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Gulli oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Moyqoragʻon
Oila: Burchoqdoshlar
Binar nomi
Calophaca reticulata

Qorapoya moyqoragʻon (lotincha: Calophaca reticulata) — burchoqdoshlar oilasi, moyqoragʻon turkumiga mansub oʻt oʻsimlik. Hayotiy shakli buta. Birinchi marta rasman rossiyalik botanik Viktor Semyonov Fyodorovich tomonidan tasvirlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Surxondaryo viloyati, Hisor tizmasi, Boysun togʻlarida tarqalgan[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Past boʻyli sershox buta. Poyasi qizgʻish, qora rangda, bezli zich tuklar bilan qoplangan. Barglari, oddiy, toq patsimon, kumushrang tusda, xar ikki tomonidan qalin yotiq tuklar bilan qoplangan, bargchalari 4-5 juft, shakli choʻziqroq, chetlari tekis, qirqilmagan. Yonbargchalarining asosi uchburchaksimon. Gullari zigomorf, gulqoʻrgʻoni besh aʼzoli. Gultojibarglari sariq rangda. Gulkosachabarglari quvursimon yoki qoʻngʻiroqsimon shaklda. Hasharotlar, arilar va kapalaklar yortamida changlanadi. To‘pgullari boshchasimon shaklda, gullari zich joylashgan. Gulpoyasining uzunligi taxminan 22-25 mm. Iyun oyida gullab, mevasi iyul — avgust oylarida pishib yetiladi. Mevasi — qizgʻish yoki sariq rangda, ikki tomondan siqilgan, tukli, quruq dukkak meva, uzunligi 2-3 sm. Mevasi pishib yetilgandan soʻng dukkaklar chokidan ochilib urugʻlar tashqi muhitga chiqadi. Urug‘i orqali koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda kam uchrovchi endemik tur. Surxondaryo viloyati, Hisor tizmasi, Boysun togʻlarida uchraydi. Togʻlarning oʻrta qismidagi shagʻalli tuproqzorlarda va archazorlarda oʻsadi. Turlar sonining kamayishiga koʻpayish darajasining pastligi, sekin rivojlanish va insonning iqtisodiy faolligi, oʻtin sifatida koʻplab yigʻib olinganligi sabab boʻlgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Майкараган сетчатый- Calophaca reticulata- Описание таксона - Плантариум“. 2015-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-aprel.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.