Qorapoʻchoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qorapoʻchoq, Qorapoʻchoq 3 7 44 — kechpishar qovun navi. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik i.t. institutida chiqarilgan. Shakli choʻziq-tuxumsimon, uz. 32—45 sm, sirti tekis, oʻrtacha boʻrtmali toʻrlar bilan qoplangan. Tusi toʻq yashil, etining qalinligi 4—4,5 sm. oq, yumshoq, bir oz tigʻiz, shirin. Ogʻirligi 4—4,5 kg (9 kg gacha). Urugʻxonasi oʻrtacha kattalikda. Tarkibida 9,8% qand, 11,7% quruq modda bor. Saqlanish davomida shirinligi ortib boradi. Niholi unib chiqqanidan soʻng birinchi hosili 124 kunda pishadi. Hosildorligi 300—320 s/ga. Yaxshi saqlanadi, uzoq joylarga yuborishga yaroqli. 1949 yildan Fargʻona vodiysida, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan.