Qorakuya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qorakuya — zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan oʻsimliklar kasalligi. Asosan, boshokli ekinlar kasallanib, qishloq xoʻjaligiga katta zarar yetkazadi. Zararlangan boshoq, roʻvak, soʻta, poya, barg va ildiz boʻyinlari qora sporali massaga aylanadi. Quyidagi turlari koʻp uchraydi va ayniqsa, zararli: bugʻdoy va jav-darning qattiq (badboʻy) Q.si oʻsimlik tugunchasini yemiradi va "qorakuya xaltachalari" yoki alohida spora holida urugʻlarda saklanadi. Zararlangan dondan nam havoda badboʻy hid keladi; arpa va sulining qattiq (tosh) Q.si sporalari tugunchani zararlaydi, lekin roʻvak va boshoqlar zararlanmaydi, sporaning qattiq qora massasi boshoq qobigʻini teshib oʻtadi; bugʻdoy, arpa, suli, va makkajoʻxorining chang Q.si boshoq, roʻvak, soʻtalarni zararlaydi; javdar va bugʻdoyning poya Q.si poya (hamma qismlari va barglari)ni zararlaydi; makkajoʻxorining pufakchali holdagi Q.si oʻsimlikning turli qismida qobiqli va spora bilan toʻlgan gʻudsalar hosil qiladi. Q. zamburugʻlari sholi, qoʻnoq, oq joʻxori, chumiza kabi donli ekinlarda ham parazitlik qiladi. Kasallik natijasida gʻshsha ekinlari hosildorligi 20— 30% kamayib ketadi.

Kurash choralari: kasallikka chidamli navlar ekish; yuqori agrotexnika, almashlab ekish. urugʻlarni tozalash va dorilash; urugʻlikni oftobga yoyish va boshqa