Kontent qismiga oʻtish

Qorakoʻl xalqaro aeroporti

Koordinatalari: 42°30′29″N 078°24′28″E / 42.50806°N 78.40778°E / 42.50806; 78.40778
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qorakoʻl xalqaro aeroporti
Каракол эл аралык аэропорту
IATA kodi: none (KPJ)ICAO kodi: UCFP
Qisqacha bayon
Aeroport turi Xalqaro
Xizmat doirasi Qorakoʻl
Joylashuvi Qorakoʻl, Qirgʻiziston
Havo yoʻli tuguni SCAT
Dengiz sathidan balandligi 5,590 ft / 1,704 m
Koordinatalari 42°30′29″N 078°24′28″E / 42.50806°N 78.40778°E / 42.50806; 78.40778
Xarita
UCFP (Qirgʻiziston)
UCFP
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
10/28 2,000 6,562 Asfalt
[1]

Qorakoʻl xalqaro aeroporti (qirgʻizcha: Каракол эл аралык аэропорту, ruscha: Международный аэропорт "Каракол"; (IATA: none (КПЖ)ICAO: UCFP)) – Qirgʻizistonning Issiqkoʻl viloyati markazi Qorakoʻlga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport. Qorakoʻl xalqaro aeroporti uchun Rossiyaning IATA kodi – KPJ[2].

Umumiy maʼlumotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yilgacha Prjevalsk aeroporti nomi bilan atalgan Qorakoʻl xalqaro aeroporti 1940-yillarda oʻz faoliyatini boshlagan. Hozirgi uchish-qoʻnish yoʻlagi va terminal 1978-yilda qurilgan. 2011-yil 30-noyabrda Qirgʻiziston hukumati qaror imzolagan va aeroportga xalqaro maqom berilgan. Shunday qilib, u Qorakoʻl xalqaro aeroportiga aylangan[3].

2011-yil 2-dekabr kuni Qorakoʻl xalqaro aeroportiga birinchi xalqaro reys qoʻndi. SCAT aviakompaniyasining Qozog‘istonning Olmaota shahridan boʻlgan Antonov AN-24 samolyoti ham 1991-yilda aeroportda yoʻlovchilar soni qisqarganidan beri birinchi rejali reys boʻldi[4]. 1991-yilgacha Qorakoʻl xalqaro aeroporti Qirgʻizistonning Bishkek, Jalolobod, Oʻsh va boshqa shaharlari bilan muntazam aloqada boʻlgan.

Qorakoʻl xalqaro aeroporti 3C toifali aeroport boʻlib, unda qoʻnish moslamalari yoʻq va faqat kunduzi ishlaydi.

Qorakoʻl xalqaro aeroporti bojxona va chegara nazoratiga ega boʻlib, ichki va xalqaro reyslarga xizmat koʻrsatadi. Qirg‘izistonning Bishkek, Jalolobod, O‘sh, shuningdek, Rossiyaning Omsk va Novosibirsk shaharlariga parvozlarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan[4].

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aviakompaniyalar Manzillar
Avia Traffic kompaniyasi Bishkek[5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]