Qoracharvoq rasmlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qoracharvoq rasmlari - Nurota togʻlari Qoratov togʻ tizmasining jan. yon bagʻridagi Qoracharvoq qoyatoshlariga ishlangan tasvirlar. Navoiy viloyati Navbahor tumani hududida. 1969 yilda arxeolog A.Kabirov tomonidan topilgan va oʻrganilgan. Qoracharvoq rasmlarining eng qad.lari miloddan avvalgi 3-ming yilliklarga mansub, shuningdek, miloddan avvalgi 1-ming yillik va ilk hamda keyingi oʻrta asrlarga oidlari ham uchraydi. Rasmlar qattiq buyumlar bilan urib-oʻyib soya va oddiy chiziqlar uslubida ishlangan; ularda odam, yovvoyi buqa, sigir, ot, it, tuya, togʻ echkisi, bugʻu, toʻngʻiz, boʻri, qoplon va boshqa hayvonlar tasvirlangan. Yovvoyi hayvonlarni ovlash, chorvachilik, hayvonlar jangi bilan bogʻliq manzara va lavhalar anchagina. Sanʼat obidasi sifatida Qoracharvoq rasmlari shu yerda yashagan qad. xalqning madaniyati, hayoti, tarixini oʻrganishda qimmatlidir.