Qorabura (bogʻlama)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qorabura — toʻgʻon, damba, sohilboʻyi toʻsiklar kabi suv inshootlarini barpo etishda ishlatiladigan bogʻlama — fashina. q. Toshkent viloyatida qoraboʻyra, Zarafshon vodiysida navala yoki navola, Fargʻona vodiysida oʻluk, Sirdaryo vohasida qorabura, Xorazmda esa navard yoki vard nomlari bilan yuritilgan.

Q.lar shox-shabba va qamishdan silindr shaklida ishlanib, ohak tosh, chim va shagʻal bilan toʻldirilgan va koʻndalangiga 3 yoki 4 yeridan yulgʻun yoki qamish bilan bogʻlangan. Yozma manbalarda qayd etilishicha, Q.lar diametri 1–2 m, uz. 6–8 m va undan ham uzunroq boʻlgan.

Q.lar suv xoʻjaligida texnik jihatdan qulay va suv oqimiga chidamli uskuna hisoblangan. Ulardan bosh toʻgʻonlarni barpo etishdan tortib, qirgʻoqning daryo yoki soy oqimi yuvib ketgan obgir joylarni tiklashda keng foydalanilgan. Q.lar aksariyat daryo yaqinida qamishli, yulgʻunzor va chakalakzorlarga yaqin joylarda yasalgan. Bunday yerlar tarixda "Qorabura" nomini olgan.