Qorabogʻ drami

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qorabogʻ drami (armancha: Արցախյան դրամ) — tan olinmagan Tog'li Qorabogʻ Respublikasi (TQR) hududida ishlatiluvchi pul birligi hisoblanadi.[1] Bundan tashqari ushbu valyuta Armaniston hududida ham rasmiy pul birligi sifatida ishlatiladi. 1 dram 100 lumga teng. Nominal qiymatining ahamiyatsizligi va cheklangan tiraj tufayli ushbu pul birligi kollektor-numizmatlarning katta qiziqishiga ega, shuning uchun ular haqiqiy muomalada ishlatilmaydi va (shu jumladan Internet orqali) nominal qiymatidan ancha qimmatroq sotiladi. TQR hududidagi asosiy pul birligi Arman drami hisoblanadi va ushbu pul birligi nominal qiymati jihatidan TQR dramiga teng.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2004 yil - Qorabog' tangalari va banknotalari kolleksiya maqsadida sotuvga chiqarildi
  • 2005 yil - Qorabog' drami to'lov pul birligi sifatida muomalaga kiritildi.

Tangalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muomala uchun 2003- 2004 yillarda 50 lum, 1, 5 va 1000 dram nominallik tangalar chiqarildi. 2013 yilda esa noma'lum emitent xususiyatlari bo'yicha bir xil, ammo dizayni bo'yicha farq qiladigan tangalarni chiqardi, rasmiy manbalarda bu masala haqida hech qanday ma'lumot yo'q.

Nominal Material Diametr (20mm) Qalinligi (mm) Massasi (gr) Revers
50 lum Alyuminiy 20,0 1,4 0,95 Ot

Antilopa

1 dram Alyuminiy 21,7 1,5 1,13 Leopard

Fazan Avliyo Grigoriy

5 dram Bronza 20,0 1,74 4,5 Gandzasar Monastiri"Biz - bizning tag'larimiz" monumenti

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]