Qonuniylik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qonuniylik — qonunlar va ularga muvofiq chiqarilgan huquqiy hujjatlarga barcha davlat organlari, mansabdor va boshqa shaxslarning ogʻishmay amal qilishi. Q. demokratiya va huqukiy davlatnnng elementlaridan biri. Q.ning quyidagi prinsiplari bor: Q.ning birligi (mamlakat hududida qonun va qonunga asoslangan hujjatlar bir xilda tushunilishi va qoʻllanilishi); konstitutsiya va qonunlarning ustunligi (barcha normativ va individual \uquqiy hujjatlar konstitutsiya va qonunlar asosida qabul qilinishi hamda ularga zid kelmasligi); inson va fuqaro huquq hamda erkinliklari, burchlarining kafolatlanganligi; Q.ning madaniyat bilan bogʻliqligi (jamiyat aʼzolari yuqori darajada madaniyatli, jumladan, huquqiy madaniyatli boʻlgandagina Q.ka erishish mumkin); Q.ning maqsadga muvofiqligi (qonun va qonun osti) hujjatlari davlat va jamiyatning manfaat, maqsadlariga mos kelishi. Bunda maqsadga muvofiqlilik bilan Q. oʻrtasida ziddiyat kelib chiqmasligi zarur).

Qonun va qonunga asoslangan hujjatlarga toʻla rioya etishni taʼminlovchi vosita va sharoitlar Q.ning kafolatlari hisoblanadi. Bunday kafolatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy, mafkuraviy, maxsus yuridik jihatlari bor. Jamiyatning iqtisodiy riuvojlanish darajasi, turli shakldagi mulkchilik. jamiyatdagi iqtisodiy erkinliklar Q.ning ijtimoiy-iqtisodiy kafolati boʻladi. Siyosiy hurfikrlilik, koʻppartiyaviylik, davlat tuzumining demokratik tamoyillarga mosligi Q.ning siyosiy kafolatini belgilaydi. Qonun va qonunga asoslangan hujjatlarni tatbiq etish va ularning nazoratini taʼminlovchi samarali mexanizmning mavjudligi Q.ning tashkiliy kafolatidan darak beradi. Aholining huquqiy ongi darajasi, axloqiy tarbiyasi Q.ka mafkuraviy kafolat beradi. Q.ning taʼminlanishi uchun amaldagi qonunchilikda mavjud usul va vositalar maxsus yuridik kafolat vazifasini bajaradi.

Jamiyatda Q. amalda boʻlgan holdagina huquqiy tartibot oʻrnatiladi.

Olim Xusanooyev.