Qontalash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qontalash — yumshoq toʻqimalarga qon quyilishi. Shikastlangandan bir necha soat (baʼzan bir necha min.) keyin gavda toʻqimalarining yuzasiga qon quyilishi bilan kechadi. Q. oldiniga toʻq qizil rangda boʻladi; quyilgan qondagi gemoglobinning parchalanishidan Q.ning rangi asta-sekin oʻzgarib, qizildan koʻk rangga, soʻngra yashil, oxi-riga borib sariq rangga oʻtadi va keyinchalik Q. butunlay soʻrilib ketadi. Q.ning rangiga qarab lat yeyish qachon sodir boʻlganini aniqlash mumkin. Ogʻriq qoldiruvchi vositalar, Q.ning soʻrilib ketishi uchun boshida sovuq, keyinchalik issiq qilinadi.

Chuqur toʻqimalarga qon quyilganda shikastlangandan bir necha kun keyin Q. yuzaga kelishi mumkin. Baʼzan Q. hayot uchun xavfli hisoblanadi. Mas, bosh shikastlanib, koʻz qovoqlarida Q. ("koʻzoynak" koʻrinishida) paydo boʻlishi kalla suyagi singanligidan dalo-lat beradi (qarang Kalla suyagi). Bunda dar-hol vrachga murojaat qilish kerak.

Qon yoki qon tomirlari kasalliklarida, yengil lat yeganda ham Q. paydo boʻladi.