Qon patofiziologiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qon patofiziologiyasi — qon komponentlari ishtirokida sodir boʻladigan fiziologik jarayonlarning patologik holatga oʻtishiga aytiladi[1].

Qon tizimidagi oʻzgarishlar.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qon tizimining tarkibiga qon tomirlarida aylanayotgan qon, qonning shaklli elementlari paydo boʻladigan va yetiladigan qon yaratuvchi aʼzolar, qonning shaklli elementlari yemiriladigan aʼzolar kiradilar. Ular oʻzaro chambarchas bogʻliq boʻlganligi tufayli odatda patologik jarayon hech qachon qatʼiy chegaralangan alohida holda boʻlmaydi. Patologik jarayon asosan qon yaratuvchi aʼzolarning shikastlanishi yoki faqat qonga tegishli boʻlishi mumkin, ammo har qanday holatda ham butun tizim yaxlit holda reaktsiya qiladi. Hozirgi kunda qon patologiyasiga oid kasalliklar tasnifi ishlab chiqilgan[2]. Har qanday patologik holatni va jarayonini aniqlash uchun, shuningdek kasallik kelib chiqish sababini aniqlash uchun qonning klinik tekshiruvi oʻtkaziladi. Mazkur test natijasi bizga patologik jarayon haqida keng koʻlamli maʼlumot beradi. Test natijasiga qarab bemorga tashxis qoʻyiladi va davolash ishlari amalga oshiriladi.

Tasnifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Gemopoetik toʻqimaning yuqori darajadagi mitotik faolligi, uning mutagen omillar taʼsirida (ionlashtiruvchi radiatsiya, viruslar, kimyoviy mutagenlar, sitostatiklar), plastik materiallar yetishmaganda (temir, sianokobalamin, folanit kislota, oqsillar) ortiq darajada Shikastlanishining sababchisi boʻladi. Bular leykozga, defisit kamqonliklarning paydo boʻlishiga, leykopeniyaga, trombositopeniyaga, limfositlar mutant shakllarining paydo boʻlishiga olib keladi.
  2. Qon yaratuvchi kurtak hujayralarining koʻpayishi, tabaqalanishi (differensiyallanishi) moddalar almashinuvi va tuzilishi, genetik determinirlanganligi genom oʻzgarishlariga, genetik regulyatsiyaning buzilishiga olib keladi, ular qon tizimi kasalliklarining sabablari hisoblanadi, masalan, leykoz, irsiy neytropeniya, gemolitik kamqonlik va h. k.
  3. Qon hujayralarining hosil boʻlishi eritro, leyko va trombopoetinlar yordamida regulyasiya qilinadi va ular defitsitida (yetishmaganida) qonda patologik oʻzgarishlar paydo boʻladi.
  4. Patogen omillar (bakteriyalar, viruslar, endogen va ekzogen kimyoviy moddalar) qonga tuShib qon hujayralarini lizis qiladi (masalan, eritrotsitlarning parchalanishi gemolitik kamqonlikka olib keladi) va ularning antigen tuzilishini oʻzgartirib, autoimmun reaktsiyalar tufayli ikkilamchi sitolizning rivojlanishiga sabab boʻladi.
  5. Qon tomirlarining shikastlanishi qon yoʻqotilishiga olib keladi, natijada qonning umumiy hajmi kamayadi va uning hamma funktsiyalari buziladi.

Jarayon kechishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Patologik jarayon qon tizimining qaysi qismida joylashganligiga qarab, uning bironta vazifasi ortiqroq darajada buziladi. Masalan, eritrositlar zararlanganida qonning asosan nafas vazifasi, (oksigen va SO2 tashish) buziladi, leykositlar patologiyasida uning himoya funktsiyasi, qon ivish jarayonida ishtirok etuvchi tizimning oʻzgarishli esa, qon ivish qobiliyatining buzilishiga olib keladi. Patologik jarayon boshqa aʼzolar va toʻqimalarda avj olib ketganda qon tizimining funksional xususiyatlari tufayli unda tezlikda ikkilamchi oʻzgarishlar paydo boʻladi. Bunday oʻzgarishlardan biri qonning gipoksiyaga reaksiyasi boʻlib (gipoksik eritrositoz), unda qonning transport vazifasi kuchayishi bilan kompensatsiya qilish paydo boʻladi. Yoki infeksiyaga javoban leykositlarning himoya vazifasi ortadi, leykositoz tufayli. Bundan tashqari aylanayotgan qonni suyuq holatda saqlashga yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar paydo boʻlishi mumkin[3]. Andoza:Blood Values Qon tizimi patologik jarayonining tabiati, uning etiologiyasi va patogenezining xossalari bu tizimning quyidagi funksional, morfologik va regulyasiya xususiyatlariga bogʻliq.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Haqberdiyev, Mardon Muhammedovich. Patologik fiziologiya. Toshkent: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, 2009 — 305 bet. 
  2. „Xalqaro kasalliklar tasnifi“. www.ssv.uz. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi (6 oktyabr 2021-yil). 2022-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
  3. Jon C. Aster, H. Franklin Bunn „Pathophysiology of Blood Disorders, 2e“. https://accessmedicine.mhmedical.com. Access Medicine. Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • R.Q. Azimov „Patofiziologiya“ Toshkent — 2010
  • N.X. Abdullayev „Patofiziologiya“ Toshkent — 1998