Qon bosimi ortishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qon bosimi oshishi, gipertoniya (qad. yun. ὑπέρ — «yuqori» + τόνος — «taranglik, tonus») — bugungi kunda yurak-tomir tizimining eng keng tarqalgan kasalliklaridan biri hisoblanadi. Kasallik arterial qon bosimining 140/90 ga yetishi yoki unda oshib ketishi bilan ifodalanadi. Yuqori arterial bosim qon tomirlarga salbiy taʼsir koʻrsatadi, chunki ular qisqa vaqt davomida birdan torayadi. Juda kuchli bosim taʼsiriga esa baʼzi qon tomirlar bardosh bera olmay yoriladi va buning natijasida ichki qon ketish kuzatiladi. Gemorragik infarkt elastikligi yoʻqolgan va sinuvchanlikka moyil boʻlgan tomirlar joylashgan aʼzolarda sodir boʻlishi sababi ham shunda.