Qodirxon Yusuf Ibn Horun Bugʻroxon Ibn Muso Tulka Eloq Ibn Sotuq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qodirxon Yusuf Ibn Horun Bugʻroxon Ibn Muso Tulka Eloq Ibn Sotuq (? — 1032 yil dek., Qashqar) — Sharqiy qoraxoniylar davlati xoni. Upgbiy va Ibn al-Asir Q.Yu.ni Xoʻtan hukmdori deb atashadi. Numizmatik maʼlumotlarga koʻra, u 1013—14 yillarda Yorkend, 1014—15 yillarda Qashqarda ham hukmronlik qilgan. 1025 yil Q. Yu. va Mahmud Gʻaz-naviy bir paytda Movarounnahrga, Alitegin ustiga yurish qilishgan. Gardiziyning yozishicha, Samarqand yaqinida Q.Yu. Mahmud bilan uchrashgan, oʻrtada bitim tuzilgan. Q.Yu. Aliteginning akasi Toʻgʻonxonni Bolasogʻundan siqib chiqargan. Q.Yu.ning mulki 1032 yilga kelib Sharqiy turkistondan tashqari Yettisuv va Jan. Qozogʻistonni qamrab olgan. Poytaxt Qashqar shahri boʻlgan. Uning vafotidan keyin Sharqiy Turkiston va Yetti-suv katta oʻgʻli Bugʻrotegin Sulaymonga tekkan, u Arslonxon unvonini olgan. Talas (Avliyoota) va Isfijob (Sayram) QYU.ning 2-oʻgʻli Yagantegin Muhammadga tekkan. U Bugʻroxon unvoni bilan xonlik qilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Bartold V. V., Sochineniya, t.2 (4.1). M., 1963; Materialn po istorii Sredney i Sentralnoy Azii X—XIX vv., T., 1988.