Kontent qismiga oʻtish

Qodir Tojiyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Qodir va familiyasi Tojiyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Qodir Tojiyev (1921.5.10 Toshkent — 2001.1.2) — diktor. Oʻzbekiston xalq artisti (1990). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1938). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—43). 1947—91 yillar Oʻzteleradiokompaniyasida diktor. Tojiyevning diktorlik uslubi yuksak aktyorlik mahorati, koʻtarinki jozibasi, maʼnodor intonatsiyasi, taʼsirchanligi, sodda vatushunarliligi bilan ajralib turadi. 3 mingdan ortiq xujjatli filmga ovoz bergan. Mumtoz va zamonaviy sheʼriyat namunalarini ifodali, oʻziga xos, alohida mahorat bilan oʻqigan. "El-yurt hurmati" ordeni (1998), "Jasorat" medali (1994) bilan mukofotlangan.