Qodir Fozilxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Qodir Fozilovich Fozilxoʻjayev (1930.5.7 Toshkent 2001.20.5) - tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Tarix fanlari doktori (1969), professor (1974). Oʻrta Osiyo universitetining tarix fakultetini tugatgan (1950). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya institutida katta ilmiy xodim (1956—59), "Bilim" jamiyati boshqaruvi raisining 1oʻrinbosari (1958—76), Oʻzbekiston kompartiyasi MK huzuridagi Partiya tarixi instituti direktorining oʻrinbosari (1976—89), Qori-Niyoziy nomidagi pedagogika ilmiy instituti direktori (1989—92), Respublika oʻqituvchilar uyining direktori (1992—96). Ilmiy ishlari oʻzbek xalqining qardosh xalqlar bilan aloqalari va kasaba uyushmalari tarixini oʻrganishga bagʻishlangan.