Qodir Fozilovich Fozilxoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qodir Fozilovich Fozilxoʻjayev (1930.5.7 Toshkent 2001.20.5) - tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Tarix fanlari doktori (1969), professor (1974). Oʻrta Osiyo universitetining tarix fakultetini tugatgan (1950). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya institutida katta ilmiy xodim (1956—59), "Bilim" jamiyati boshqaruvi raisining 1oʻrinbosari (1958—76), Oʻzbekiston kompartiyasi MK huzuridagi Partiya tarixi instituti direktorining oʻrinbosari (1976—89), QoriNiyoziy nomidagi pedagogika ilmiy instituti direktori (1989—92), Respublika oʻqituvchilar uyining direktori (1992—96). Ilmiy ishlari oʻzbek xalqining qardosh xalqlar bilan aloqalari va kasaba uyushmalari tarixini oʻrganishga bagʻishlangan.