Qobiqlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qobiqlilar, uroxordalilar, tunikatlar, lichinkaxordalilar — xordalilar kenja tipi. Q.ning ajdodlari suvda suzib yuradigan birlamchi xordalilar boʻlganligi, ulardan ayrimlari oʻtroq yashashga oʻtganligi taxmin qilinadi. Uz. 0,3 sm dan (appendikulyariyalar) 30 m gacha. Tanasi epiteliy hujayralar ishlab chiqaradigan tiniq epiteliy qobiq — tunika qobiq (nomi shundan) yoki quyuq mantiya bilan qoplangan. Xordasi faqat lichinkalik davrida boʻladi (appendikulyarilardan tashqari). Selom qoldigʻi bor. Ichagi sirtmoqqa oʻxshab egilgan, orqa ichagi jabra oldi boʻshligʻiga ochiladi (appendikulyariyalar). Qon aylanish sistemasi yurak xaltasi va lakunalar toʻridan iborat. Nerv sistsmasi miya gangliysi va undan ketadigan orqa nerv poyasidan tashkil topgan. Sezgi organlari kuchsiz rivojlangan. Germafrodit. Ayrim turlarida murakkab rivojlanadigan, appendikulyatsi-yalarga oʻxshash lichinka bor. Koʻpchilik Q. kurtaklanib koʻpayib, koloniya qosil qiladi. 5 sinf: assidiyalar, olovtanalilar, salplar, bochkasimonlar, appendikulyariyalarga boʻlinadi. 1500 ga yaqin turi bor. Dengizda oʻtroq yashaydi, yakka yoki koloniya boʻlib suzib yuradi. Mayda hayvonlar, suvoʻtlar va organik qoldiqlar bilan oziqlanadi.