Neʼmat Qoʻziboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Stamps of Uzbekistan, 2006-007.jpg

Neʼmat Mirzaboyevich Qoʼziboyev (1929.20.7, Fargʻona - 2004.14.5, Toshkent) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston BA akad. (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (1970). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1947) va Leningrad ras-somlik, haykalta-roshlik va meʼmorlik instituti (1953)ni tugatgan. !953 yildan Respublika ras-somlik bilim yur-tida, 1959 yildan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (hozirgi Milliy rassomlik va di-zayn instituti)da pedagog , 1984 yildan prof. (1985 yildan Q. ustaxonasi mavjud boʻlgan). Q. ijodi badiiy uslubining ifodaliligi bilan diqqatga sazovor; asarlarida mazmunning teranligi, davr ruhi, kishilar kayfiya-tini ifodalashda mahorati namoyon boʻldi: "Oʻzboy oʻzanida", "Qidiruv-chilar", "Yangi yoʻl", "Choʻponlar huzu-rida" kabi maishiy janrga oid asarlar, "Yunus Rajabiy", "Mirshohid Miroqilov", "Nodirabegim", "Ab-dulla Qodiriy" "Ibn Sino", "Be-runiy". "Navoiy va Sulton Husayn", "Navoiy portreti. Qush tili" kabi portretlar, "Bahor", "Fargʻona vodiysi", "Qoʻqon manzarasi" kabi tasvirlar va boshqa

Q. asarlari bilan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etgan; asarlari respublika va chet el muzeylari va xusu-siy toʻplamlarda saklanadi. "Elyurt hur-mati" ordeni bilan mukofotlangan (1998).

Adabiyot[tahrir]

  • Neʼmat Qoʻziboyev (katalog), Olmaota, 2005.