Kontent qismiga oʻtish

Neʼmat Qoʻziboyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Neʼmat va familiyasi Qoʻziboyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Neʼmat Mirzaboyevich Qoʻziboyev
Tavalludi 20-iyul 1929-yil
Fargʻona, Fargʻona okrugi, OʻzSSR
Vafoti 14-may 2004-yil(2004-05-14)
(74 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Millati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Sohasi Rassom
Taʼlimi Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi
Leningrad rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik instituti
Oqim qaysi oqimga mansub
Mashhur suratlari mashhur asarlari
Homiylari homiylari
Mukofotlari Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti OʻzSSR xalq rassomi (1970)

Neʼmat Mirzaboyevich Qoʻziboyev (1929.20.7, Fargʻona – 2004.14.5, Toshkent) – rang-tasvir ustasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademik (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (1970). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1947) va Leningrad rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik instituti (1953) ni tugatgan. 1953-yildan Respublika rassomlik bilim yurtida, 1959-yildan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (hozirgi Milliy rassomlik va dizayn instituti)da pedagog, 1984-yildan professor (1985-yildan Qoʻziboyev ustaxonasi mavjud boʻlgan). Qoʻziboyev ijodi badiiy uslubining ifodaliligi bilan diqqatga sazovor; asarlarida mazmunning teranligi, davr ruhi, kishilar kayfiyatini ifodalashda mahorati namoyon boʻldi: „Oʻzboy oʻzanida“, „Qidiruvchilar“, „Yangi yoʻl“, „Choʻponlar huzurida“ kabi maishiy janrga oid asarlar, „Yunus Rajabiy“, „Mirshohid Miroqilov“, „Nodirabegim“, „Abdulla Qodiriy“ „Ibn Sino“, „Beruniy“. „Navoiy va Sulton Husayn“, „Navoiy portreti. Qush tili“ kabi portretlar, „Bahor“, „Fargʻona vodiysi“, „Qoʻqon manzarasi“ kabi tasvirlar va boshqalar.

Qoʻziboyev asarlari bilan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etgan; asarlari respublika va chet el muzeylari va xususiy toʻplamlarda saqlanadi. „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan (1998)[1].

  1. Neʼmat Qoʻziboyev“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 11-jild (Qizilqumit — Hoʻrmuz). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2005 — 608-bet. 
  • Neʼmat Qoʻziboyev (katalog), Olmaota, 2005.