Qoʻshilgan qiymat
Qoʻshilgan qiymat - ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) jarayonida muayyan bir firma, korxonada yangidan yaratilgan, bevosita oʻstirilgan, mahsulotning oldingi qiymatiga qoʻshilgan qiymat. Firma tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, tovarlar, xizmatlarni sotishdan olgan tushumlar bilan firmaning boshqa firmalardan resurslar (xom ashyolar, yarim fabrikatlar) sotib olish uchun qilgan xarajatlari ayirmasi tarzida aniqlanadi. Qoʻshilgan qiymat — ishlab chiqarishning pirovard natijasidir. Mazmunan Qoʻshilgan qiymat ishlab chiqarilgan yoki yaratilgan tovar va xizmatlar narxining bir qismi sifatida gavdalanadi.
Hozirgi davrda narxni va uning bir qismi boʻlgan Qoʻshilgan qiymatni aniqlashda neoklassik sintez nuqtai nazari keng tarqalgan. Bunga koʻra Qoʻshilgan qiymatni ifodalashda faqat klassik qarash, yaʼni tovarga sarflangan mehnat (obyektivlik) nuqtai nazaridan emas, balki tovarning nafliligi (subyektivlik) ham hisobga olinadi. Bosqichli ishlab chiqarish jarayonida Qoʻshilgan qiymat har bir bosqich boʻyicha alohida hisoblanadi. Masalan, sotib olingan xom ashyo qiymati 60 pul birligi boʻlsa, u qayta ishlangandan keyin qiymati 100 pul birligiga yetkazildi (Qoʻshilgan qiymat = 40). Ulgurji va chakana savdo korxonalarida Qoʻshilgan qiymat 75 pul birligini tashkil etdi (100+25=125; 125+50=175). Shunday qilib, piro-vard natijada sotuvning umumiy qiymati 460 pul birligini, Qoʻshilgan qiymat 175 pul birligini tashkil etadi. Qoʻshilgan qiymat miqdori darajasini bozor hal qiladi. Nafliligi yuqori tovarni bozor maʼqullab, uning haqini toʻlaganda, xarajat oʻzgarmagan taqdirda ham. Qoʻshilgan qiymat yuqori boʻlishi mumkin. Nafliligi past boʻlganda buning aksi yuz beradi. Qiymatga qoʻshimcha qoʻshilishi ishlab chiqarishda, eng avval mikro, yaʼni firmalar darajasida yuz beradi, ammo uning naqadar maqbulligini bozor hal qiladi. Qoʻshilgan qiymat narx tarkibiga kiradi va buning uchun belgilangan soliq (qoʻshilgan qiymat soligʻi)ni isteʼmolchi toʻlaydi. Qoʻshilgan qiymatning oz yoki koʻp boʻlishiga qarab ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash mumkin. Korxona va sektorlar doirasida Qoʻshilgan qiymat miqdori qanchalik yuqori boʻlsa, pirovard natija ham shunchalik yuqori boʻladi. Oʻzbekistonda Qoʻshilgan qiymat tushunchasi va uni hisoblash amaliyoti 20-asrning 90-yillari boshidan qoʻllanila boshladi.
Shuhrat Toshmatov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |