Qoʻrqmas Muhiddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhiddinov Qoʻrqmas (1946.20.3, Yangiyoʻl shahri) — opera xonandasi (bas). Oʻzbekiston xalqartisti (1986). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1975). 1975 yildan1 Navoiy nomidagi opera va balet teatrida yakkaxon xonanda. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida kafedra mudiri, dotsent (2002 yildan). M. oʻzbek teatrida Yevropa mumtoz operalaridagi asosiy partiyalarni ijro etuvchi yetakchi opera solisti. Chet el operalarida rus, ingliz va italyan tillarida asosiy partiyalarni mahorat bilan ijro etgan. Galitskiy ("Knyaz Igor"), Xon Boboxon ("Tohir va Zuhra"), General-gubernator ("Boʻron"), Mefistofel ("Faust"), Boris Godunov, Pimen ("Boris Godunov"), Don Bazilio ("Sevilya sartaroshi"), Ara-stu ("Sugʻd elining qoploni"), Monterone ("Rigoletto"), Ramfis ("Aida"), Qirol Rene ("Iolanta"), Pyotr ("Pyotr I"), Qozi ("Maysaraning ishi"), Muhammad Sayd ("Zebunniso"), Yunon elchisi ("Buyuk Temur") va boshqa M. sahnada yaratgan asosiy obrazlaridan. Konsert-ijrochilik sohasida ham faol qatnashmoqda. Zamonamizning eng kuchli opera ijrochilaridan boʻlib, keng diapazondagi ovozi, musiqada soʻzlarning donadona ifoda etilishi, ijroda hishayajon, yuqori bas, yoqimli tembri bilan ajralib turadi. Germaniya, Finlyandiya, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa mamlakatlar sahnalarida oʻzbek va jahon operasini namoyish etgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil