Qoʻrgʻoshin-organik birikmalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoʻrgʻoshin-organik birikmalar — molekulasida uglerod — qoʻrgʻoshin (S—R) bogʻi boʻlgan birikmalar. Qoʻrgʻoshin-organik birikmalarning asosiy tiplari: K4R, K3RX, K2RX2, K2RX3, K2RO, KR va K3R — RK3(K — organik radikal, X — kislota qoldigʻi). Quyi alkil hosilali Qoʻrgʻoshin-organik birikmalar — suyuqliklar; aromatik hosilali va boshqa barcha tipdagi Qoʻrgʻoshin-organik birikmalar qattiq moddalardir. Q.6., asosan R tuzlarini magniy, litiy yoki simob organik birikmalarga taʼsir ettirib olinadi. Qoʻrgʻoshin-organik birikmalar qizdirilganda metall holdagi R va erkin radikallarga par-chalanadi. Alifatik Qoʻrgʻoshin-organik birikmalar juda zaharli (yana qarang Metalloorganik birikmalar).