Qoʻnoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qoʻnoq — qoʻngʻirboshlar oilasiga mansub bir yillik oʻsimliklar turkumi; gʻalla va yem-xashak ekini. Vatani — Xitoy va Mongoliya. Rossiyaning Volgaboʻyi r-nlarida, Uk-raina, Qozogʻistonda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda q. qadimdan ekib kelingan. Hozirgi davrda qisman oziq-ovqat sifatida ishlatiladigan doni hamda qoʻk poyasi uchun ekiladi. Ildizi popuk ildiz. Poyasi tuk bilan qoplangan, boʻyi 70—150 (angʻizga ekilgan oʻsimlikning boʻyi 160—190) sm, barglari 8—9 ta.

Toʻpguli zich roʻvak, kiga nisbatan mayda. 1000 dona uruti vazni 1,5-2,5 g . Urugʻi 10-12° da unib chiqadi. Maysasi qisqa muddatli —1—2° sovuqqa chidaydi. Oʻsuv davri 75—100 kun, qurgʻoqchilikka chidamli, ammo roʻvak tortguncha 2 — 3 marta sugʻoriladi. Yer osti suvlari 1 — 1,5 m chuqurlikda joylashgan tuproqlarda ham yaxshi hosil beradi. Q. donida 10,5%, koʻk poyasida 14,5% protein bor. Doni yorma tarzida ovqatga ishlatiladi, xonadonlarda boqiladigan sayroqi qushlarga yem, spirt olishda foydalaniladi, koʻk poyasi va poxoli chorva uchun toʻyimli yem-xashak. Doni hosildorligi 40—60 s/ga, koʻk poya hosildorligi 300—350 s/ga. Q.ni, asosan takroriy ekin sifatida angʻizga ekish yaxshi samara beradi.

Dilorom Yormatova.