Qoʻrquv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo'rquvdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Qoʻrquv — insondagi ruhiy holatlardan biri; narsa va hodisalarning asl mohiyati, koʻrinishi toʻgʻrisida aniq tasavvurning yoʻqligi tufayli bezovtalanish, hadiksirash, tashvishlanish kechinmalarining yuzaga keli-shi. Q. koʻpincha odamlarda yurak uri-shining ortishi, badanning ter bilan qoplanishida oʻz ifodasini topadi. Q. insonlarda tasodifiy, favquloddagi vaziyatlarda, nevrotik holatlarda, ruhiy shikastlanishda uchrab turadi. Q.dan odam oʻzini noxush, noqulay his etsa-da, lekin koʻpincha oʻzini oʻzi nazorat qila olmaydi. Ongsizlikning onglilikdan ustunligi shunday holatni keltirib chiqaradi. Chuqur hayajonlanish oqibatida kishi ruhan qattiq azoblanadi. Psixologiyada Q.ning har xil turlari oʻrganilgan. Q.ning asosiy koʻrinishlari: kasal boʻlib qolishdan qoʻrqish, koʻpchilikdan izza boʻlishdan qoʻrqish, qizarishdan qoʻrqish, uyda yolgʻiz qolishdan qoʻrqish, trans-port vositalaridan qoʻrqish, shifokordan qoʻrqish, nizodan qoʻrqish, mozordan qoʻrqish, hayvonlardan qoʻr-qish, jimlikdan qoʻrqish, murdadan qoʻrqish, huquq-tartibot xodimlaridan qoʻrqish va boshqa Insonni tabiat va turmushdagi voqeliklarni toʻgʻri tushunishga, idrok qilishga oʻrgatish, mashq qildirish orqali Q.ni kamay-tirish mumkin. Shaxsning sust, zaif asab tizimini jonlantirish, tana aʼzolarini mashq qildirish, noxush kechinmalarni bartaraf etish orqali Q.ning tashqi ifodasini kamaytirsa boʻladi. Psixoterapevtik taʼsir oʻtka-zish vositalari yordami bilan Q.ni asta-sekin yoʻqotish imkoniyati mavjud.