Qoʻqon pedagogika instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo'qon pedagogika institutidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti 1931 yil yanvar oyida kechki pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. Institut 1939-1940 o`quv yilidan boshlab kunduzgi davlat o`qituvchilar institutiga aylantirilgan. 1943- yildan xotin-qiz o`qituvchilar instituti, 1954 yildan xotin-qizlar davlat pedagogika institutiga aylantirilgan. 1943 yil oktyabr oyidan boshlab institutga demokrat shoir Muqimiy nomi berilgan. O`tgan davr mobaynida Qo`qon davlat pedagogika instituti kichik bir ta`lim maskanidan yirik oliy ta`lim muassasasigacha bo`lgan yo`lni bosib o`tdi. Institut tashkil topgan vaqtda u uch bo`limdan iborat bo`lib, ularda xammasi bo`lib 60 nafar talaba taxsil olgan bo`lsa, xozirgi kunda institut tarkibida mavjud bo`lgan 9 ta (fizika-matematika, pedagogika, maktabgacha va boshlang`ich ta`lim, o`zbek tili va adabiyoti, chet tillar, tabiiy fanlar, tarix, jismoniy madaniyat, san’at) fakultetlarda 20 ta ta`lim yo`nalishlari bo`yicha 6535 nafar bakalavrlar va 11 ta magistratura mutaxassisliklari bo`yicha 148 nafar magistrlar tayyorlanmoqda.


Ta’lim yo‘nalishlari

Kunduzgi ta`lim yo`nalishlari

    5110100 Matematika o`qitish metodikasi
    5110200 Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi
    5110300 Kimyo o`qitish metodikasi
    5110400 Biologiya o`qitish metodikasi
    5110500 Geografiya o`qitish metodikasi
    5110600 Tarix o`qitish metodikasi
    5110700 Informatika o`qitish metodikasi
    5110800 Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
    5110900 Pedagogika va psixologiya
    5111100 Musiqa ta'limi
    5111200 O`zbek tili va adabiyoti
    5111301 Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyot
    5111306 Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti o`zga tilli guruhlarda
    5111400 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
    5111600 Milliy g`oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi
    5111700 Boshlang`ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish
    5111800 Maktabgacha ta'lim
    5111901 Defektologiya: logopediya
    5111902 Defektologiya: surdopedagogika
    5111903 Defektologiya: oligofrenopedagogika
    5112000 Jismoniy madaniyat
    5112001 Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti)
    5112100 Texnologik ta'lim
    5611700 Maktab menejmenti


Sirtqi

    5110700 Informatika o`qitish metodikasi
    5110800 Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
    5110900 Pedagogika va psixologiya
    5111100 Musiqa ta'limi
    5111200 O`zbek tili va adabiyoti
    5111700 Boshlang`ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish
    5111800 Maktabgacha ta'lim
    5112000 Jismoniy madaniyat
    5112100 Texnologik ta'lim


Magistratura mutaxassisliklari

    55110101 Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
    55110201 Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya)
    55110301 Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo)
    55110601 Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix)
    55110701 Ta’limda axborot texnologiyalari
    55110903 Ta’lim muassasalarining boshqaruvi
    55111201 O‘zbek tili va adabiyoti
    55111301 Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
    55111401 Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
    55111701 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
    55111801 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)


Fakultetlar

    Fizika-matematika
    Tabiiy fanlar
    Tarix
    San’at
    Pedagogika
    O‘zbek tili va adabiyoti
    Chet tili
    Maktabgchacha va boshlang‘ich ta’lim
    Jismoniy madaniyat


Kafedralar

    Matematika o`qitish metodikasi
    Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi
    Informatika o`qitish metodikasi
    Kimyo o`qitish metodikasi
    Biologiya o`qitish metodikasi
    Geografiya o`qitish metodikasi
    Tarix o`qitish metodikasi
    Milliy g`oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi
    Ijtimoiy fanlar
    Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
    Musiqa ta'limi
    Texnologik ta’lim
    Pedagogika va psixologiya
    Defektologiya
    Ta’lim menejmenti
    Umumiy pedagogika va psixologiya
    O`zbek tili
    O`zbek adabiyoti
    Rus tili va adabiyot
    Ingliz tili va adabiyoti
    Fakultetlararo chet tili
    Boshlang`ich ta'lim методикаси
    Maktabgacha ta'lim
    Jismoniy madaniyat
    Fakultetlararo jismoniy madaniyat