Qoʻngʻirbosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo'ng'irboshdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Qoʻngʻirbosh - boshoqdoshlar oilasiga mansub bir va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; yem-xashak ekini. Asosan, sovuq va oʻrtacha iqlimli mintaqalarda 300 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda piyozli q., biryillik Q., oʻzgacha q., qisqa tilchali q. oʻrmon Q.i, oddiy Q., maysazor Q.i, ingichkabarg Q. kabi turlari koʻp tarqalgan. Koʻp yillik maysazor Q.i muhim xoʻjalik ahamiyatiga ega. Boʻyi 10—30 sm, roʻvagi 30 sm gacha, yoyiq. Boshoqchalari 3,5–6 mm, gullari 2—5 ta. May—avgustda gullab urugʻlaydi. 100 kg koʻk massasida (boshoqlanish davrida) 24—25 ozuqa birligi va 3,5 kg hazm boʻladigan protein bor. Choʻl, adir va togʻ zonalarida, ariq va daryo boʻylarida, daraxtzor va butazorlarda, oʻtloqlarda oʻsadi. Ekma madaniy yaylovlar va gazonlar barpo etishda foydalaniladi. Chorva mollari xush koʻrib yeydi.