Qizlar sayli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"QIZLAR SAYLI" — oʻzbeklarda Navroʻz (hamal) oyi oxirlarida oʻtkaziladigan qad. marosim. Fargʻona vodiysi, Toshkent, Jizzax va boshqa viloyatlarda udum boʻlgan. Asosan, qizjuvonlar qatnashgan. "Q.s" har yili oʻrik gullab, mayiz kattaligida dovuchcha tukkan vaqtda oʻtkazilgan. Sayilga bayram liboslarida, dugonalardan birining dala-bogʻiga aravalarda chiqilgan. Qizlar oʻzlari bilan changqovuz, dutor va childirma olib, bogʻda oʻyin-kulgi uyushtirganlar, taom pishirib yeb, kechga yaqin gul terib, dovuchcha yigʻib yana aravalarda uylariga qaytganlar. "Q.s" Fargʻona vodiysida, Toshkent viloyatining koʻpgina qishloqlarida hozirgigacha davom etib kelmoqda. Endilikda bu marosimga barcha yoshdagi ayollar ham qatnashmoqda. Faqat ayrim yerlarda (mas Qoʻqon va Namangan shaharlarida) bu marosim hamon qizjuvonlar sayli boʻlib kelmoqda. Hozirgi "Q.s" koʻpgina jamoa bogʻlarida yoki dala shiyponlarida oʻtkazilmoqda.

Usmon Qoraboyev.