Qiziriqdara choʻli
Qiyofa
Qiziriqdara choʻli - Surxondaryo viloyatining jan.-gʻarbiy qismida joylashgan yassi tekislik. Surxon —Sherobod vodiysida. Janubida Sherobod choʻli bilan tutash. Zamini 25 m chuqurlikkacha qumloq, uning tagida gil va qum aralashmasidan iborat qatlam yotadi. Sizot suvlari shimolida 40 m, janubida 5 m chuqurlikda joylashgan, kimyoviy tarkibiga koʻra, sulfat-xlorid — natriyli yoki magniyli. Minerallashish darajasi markaziy qismida 1 l suvda 5—10 g, gʻarbi va sharqida 10—25 g. Qiziriqdara choʻlida, asosan, oʻrta va kuchli darajada shoʻrlangan taqirsimon tuproqlar tarqalgan. Choʻlda efemeroid va shoʻradoshlar, shoʻrlangan yerlarda seta koʻproq uchraydi. Dasht yaylov sifatida foydalaniladi. Qiziriqdara choʻli sugʻorish uchun ancha qulay.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |