Qiziltomir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qiziltomir — roʻyandoshlarga mansub koʻp yillik begona oʻt. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Poyasi yer bagʻirlab oʻsadi, shoxlaydi, sertuk, uz. 20—100 sm. Barglari nashtarsimon choʻziq, uchi oʻtkir, chetlari gʻadirbudir. Gullari sargʻishoq, roʻvaksimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi quruq yongoqcha. Iyun—avgda gullab mevalaydi. Ildizpoyasi tuproqning ustki qatlamlarida’ oʻsadi. Urugʻi va ildizpoyasidan koʻpayadi. Paxta, beda maydonlari, gʻalla ekinlari orasida begona oʻt sifatida uchraydi. Sugʻorish shoxobchalari boʻylari, dala uvatlari, bogʻ, polizlarda ham oʻsadi.

Kurash choralari: sugʻoriladigan zonalarda yer yuzasi yumshatiladi va ekin qator oralari kultivatsiya qilinadi.