Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabi

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qiziltepa yengil sanoat kasb-hunar kolleji bilim yurti sifatida 1980-yil 20-avgustda Buxoro viloyati hokimining 65-sonli buyrugʻi asosida tashkil qilingan boʻlib, 40 yildan buyon faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Kasb-hunar kollejiga oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi Markazining 2004 yil 27 yanvardagi 16-sonli va Navoiy viloyati hokimligi oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmasining 2004-yil 4-fevraldagi 24-sonli buyruqlariga asosan Qiziltepa yengil sanoat kasb-hunar kolleji maqomi berildi va kollej yangi binosi 2005-yilda foydalanishga topshirildi, yangi bino jahon standartlari darajasida qurilgan boʻlib 900 oʻquv oʻrniga moʻljallangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi „Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida“gi farmoniga asosan Qiziltepa yengil sanoat kasb-hunar kolleji, Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabiga aylantirildi.

Barpo etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muassasa 2019-yil tashkil etilgan. Binosi 2005-yil qurilgan. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida tizimida faoliyat olib boradi. Quvvati : 750 oʻrinli Hozirda 396 nafar oʻquvchi tahsil oladi, ulardan 130 nafar qizlar, 266 nafar oʻgʻil bolalar.

Rahbariyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Direktor v.b.- Xalilov Hayot Yandashovich, +998-91-250-14-85

Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari – Razzoqov Abror Qahramonovich, +998-90-620-28-98

Yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari v.b – Barnoyev Elyor Olimovich, +998-91-991-83-38

Ishlab chiqarish taʼlimi boʻyicha direktor oʻrinbosari – Raxmonov Shermat Shopoʻlotovich, +998-90-732-46-73

Moliya iqtisod ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari- Norpoʻlotov Shukrullo Nosirovich, +998-91-337-69-48

Xoʻjalik mudiri – Xoʻjayev Shavkat Toshimovich, +998-91-308-16-81

Oʻqituvchilar tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

22 nafar, shundan:

Oliy toifali pedagoglar – 0 nafar,

1-toifali pedagoglar - 4 nafar,

2-toifali pedagoglar - 5 nafar.

Oliy maʼlumotli - 13 nafar

Yoʻnalishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tikuvchi

Tikuvchi (dual taʼlim)

Kompyuter grafikasi va dizayn operatori

Avtomobil shassisiga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash

Avtomobil dvigatellarini tashxislash va taʼmirlash

Qurilish mashinalari operatori

Traktorchi-mashinist

Elektr jihozlarga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash

Turar-joy kommunal xoʻjaligi ustasi

Ijtimoiy va xalqaro faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi ta'lim dasturlari asosida 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boslang'ich professional ta'lim bosqichida kadlar tayorlaydigan ta'lim muassasasi beradi.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 6-8 dekabr kunlarida Qiziltepa tumani 1-son kasb-hunar maktabining 2-21 guruh oʻquvchisi Haydarova Dildora Axtam qizi Jizzax shahrida oʻtkazilga sportning „Kombat Aykido“turi boʻyicha Respublika ochiq turnirida faxrli II oʻrinni egallagan.

2020-yil 20-22 noyabr kunlarida Qiziltepa tumani 1-son kasb-hunar maktabining 2-21 guruh oʻquvchisi Haydarova Dildora Axtam qizi Jizzax shahrida oʻtkazilga sportning „Kombat Aykido“turi boʻyicha Respublika ochiq turnirida faxrli I oʻrinni egallagan.

2022-yil Qiziltepa tumani 1-son kasb-hunar maktabining 5-21 guruh oʻquvchisi Nishonov Sevdiyor sportning „Ushu“ turi Oʻzbekiston Kubogi „Sanda“ yoʻnalishi boʻyicha I darajali diplom bilan taqdirlangan.

2022-yil Qiziltepa tumani 1-son kasb-hunar maktabining 2-guruh oʻquvchisi Umarova Feruza Navroʻz qizi ingliz tili fanidan B2 sertifikatga ega boʻlgan.

2022-yil Qiziltepa tumani 1-son kasb-hunar maktabining 5-22 guruh oʻquvchisi Gʻafforov Diyorbek Jamshid oʻgʻli ingliz tili fanidan fan olimpiadasining tuman bosqichida faxrli I oʻrinni egallagan.

2022 yil Qiziltepa tumani 1-son kasb-hunar maktabining 6-22 guruh oʻquvchisi Quvonov Ozodbek Ulugʻbek oʻgʻli fizika fanidan fan olimpiadasining tuman bosqichida faxrli II oʻrinni egallagan.

2022 yil „Vatanimiz taraqqiyotiga qoʻshgan samarali hissasi hamda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun“ Navoiy viloyat hokimining FAXRIY YORLIGʻI hamda qimmatbaho estalik sovgʻasi bilan taqdirlangan.

2019 yil Oʻzbekiston Prezidenti sovrini uchun oʻtkazilgan „TASHABBUS-2019“ koʻrik tanlovining Navoiy viloyati Qiziltepa tuman bosqichida „Xizmat koʻrsatish sohasida yilning eng yaxshi tadbirkori“ yoʻnalishida II-darajali Diplom hamda qimmatbaho estalik sovgʻasi bilan taqdirlangan.

2020 yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi Farmoniga binoan taʼsis etilgan „MEHR-SAXOVAT“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

2021 yil Qiziltepa tuman hokimligi tomonidan „1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan hamda tumanda yosh avlodni sifatli taʼlim-tarbiya olishida, shuningdek, ushbu sohani rivojlantirishda munosib hissa qoʻshib kelayotganligi uchun“ TASHAKKURNOMA hamda qimmatbaho estalik sovgʻasi bilan taqdirlangan.

2022 yil „Science and innovation“ xalqaro ilmiy jurnalida „Dual taʼlimni amaliyotda qoʻllash“ ilmiy maqolasi chop etilgani uchun № 2022-03-472-sonli MUALLLIFLIK GUVOHNOMASIga egan boʻlgan.

2022 yil „Science and innovation“ xalqaro ilmiy jurnalida „Dual taʼlimni amaliyotda qoʻllash“ ilmiy maqolasi chop etilgani uchun maxsus SERTIFIKAT bilan taqdirlangan.

2023 yil 28 avgust О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar  vazirligi Z.Xudoyberdiyev tomonidan Professional ta'lim tizimidagi о‘quv-me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqishdagi faol ishtiroki uchun TASHAKKURNOMA hamda qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.

2023 yil 1-oktabrda О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Professional ta'lim a'lochisi” kо‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

2023-yil 4- dekabrda О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda e'lon qilingan «Tо‘qimachilik sohasidagi qahramonlar»  onlayn  kreativ tanlovida g‘olib bо‘lgani uchun Shodmonova Marhabo О‘ktamovna  maxsus sertifikat hamda qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.

2024-yil 25-fevralda "Ta'lim tizimi innovatsiya va ularning umumiy tadbiqlari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy konferensiyasida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Narziyeva Gulmehra Shavkatovna "Ilm, hunar o'rganishning kechi yo'q" maqolasi bilan ishtirok etdi va SERTIFIKAT bilan taqdirlandi