Kontent qismiga oʻtish

Qizilquloq

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qizilquloq – qurbaqaboshlar urugʻiga mansub kaltakesak. Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston choʻllarida tarqalgan. Tanasi 24 sm cha. Usti qum rang, sargʻish va kulrang dogʻli, toʻrsimon naqshli; qorin qismi oq, koʻkragida qora dogʻlari bor (bu dogʻlar yosh individlarida boʻlmaydi). Q. qum tepaliklarning pastki qismida bir necha uya qaziydi va undan qishda urchish davrida foydalanadi. Uyasiga boshqa kaltakesaklarni kiritmaydi. Yozda qumga koʻmilib yotadi. Xavf sezganda dushmanini choʻchitish uchun ogʻzini katta ochib, ogʻiz chetidagi qizil va yashil tusda tovlanadigan teri pardani yoyib yuboradi (nomi shundan). Yilda ikki marta 2—6 tadan tuxum qoʻyadi. Hasharotlar va ularning lichinkasi, baʼzan oʻsimlik bargi va mevalari bilan oziqlanadi.