Qizilqir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qizilqir — neolit, jez davriga mansub arxeologik yodgorliklar majmuasi. Vobkent daryosining qad. adogʻi, Buxoro shahridan 40 km shim.-gʻarbda joylashgan. 1953-yilda Ya.Gʻ. Gʻulomov tomonidan qayd etilgan. 1953—60 yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya institutining Mohondaryo arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan arxeologik qazishmalar oʻtkazilgan. Tadqiqotlar natijasida Q. arxeologik majmuasi 4 davrga mansub 4 ta yodgorlivdan iboratli-gi aniqlangan. Ulardan davr jihatdan eng qad.si neolit davri (miloddan avvalgi 4—3-ming yillik)ga oid manzilgoh va mik-rolit (mayda tosh) qurollar yasash us-taxonasining oʻrni boʻlgan. Yodgorlik sahnidan qoʻplab chaqmoqtosh, aqiq, oq xaltsedon va shaffof tosh jinslaridan ishlangan mikrolit qurollar qayd etilgan. Ular Kaltaminor madaniyatish xosdir.

2-yodgorlik alohida-alohida 2 tepalik (qarang-1 va Q.-2)dan iborat. Q.-1 neolit davri manzilgohidan 400– 500 m jan.-gʻarbda joylashgan. Yodgor-lik doira shaklidagi tepalik boʻlib, diametri 82–84 m, balandligi 3,5 m. U sha-gʻalli doʻnglik ustiga qurilgan 6 xonali binodan iborat qoʻrgʻon shaklida qurilgan. Bino atrofi qalin (2,4 m) paxsa devor bilan oʻralgan, maydoni 23,5x23,5 m. Devor 3 m gacha yaxshi saqlangan. Paxsa devor tikkasiga yorilmasligi uchun 20—55 sm qalinlikdagi paxsa qatoriga ustiga bir qator 44x48x10 sm li xom gʻisht terilgan. Qoʻrgʻonning darvozasi jan. tomonda boʻlgan. Ichkariga eni 2 m li torgina uzun (sahni 7,5—4,5 m) yoʻlak orqali kirilgan. Binoning asosiy qismining chor atrofi yoʻlaksimon (boʻyi 13,7 m, eni 2,75 m) uzun xonalar bilan oʻralgan, 9x9 m li kvadrat shakldagi katgagina zaddan iborat boʻlgan. Q.1 dan tosh yorgʻuchoqlar, xum, suvdon, koʻza, tovoq, sopol haykalchalar, qora chiroq, sopol qozon, urchuq toshlar va boshqalar xil roʻzgʻor buyumlari topilgan. Q.1 da hayot milodiy 3-asrda tugagan. Q.1 qoʻrgʻonining markaziy zali devori ostidan miloddan avvalgi 2 ming yillikning 2 yarmi (jez davri)ga mansub qabr qazib ochilgan. Bu yodgorlik Q. majmuiga 3^pgorlik boʻlib, undan boshoqsimon chizma naqsh bilan qoplangan 2 dona sopol tuvak topiladi. Bu topilma Tozabogʻyop madaniyatita mansubdir.

Q.2, Q.1 dan taxminan 1 km janubida joylashgan yarim yertoʻla tarzidagi qadimiy chayla xarobalaridan iborat. Maydoni 600 m2. Q.2 da chaylalarning old tomonidan oʻchoqlar, xoʻjalik oʻralari, sopol idishlar (tovoq, tova, xumcha, qozon va boshqalar), roʻzgʻor buyumlari (yogʻlogʻi, yorgʻuchoq, temir pichoq, qayroq, urchuqtoshlar va boshqalar), bezaklar (uzum boshi va musht shakllaridagi 2 marjon va boshqalar) va turli qurollar (uch parrakli temir paykon, mis bigiz va boshqalar), shuningdek, sopol haykalchalar, kumush tanga va boshqalar topilgan. Q.2 shubhasiz Q.1 qoʻrgʻonida istiqomat qilgan aholining yozgi turar joylarining xarobasi edi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gulyamov Ya.G., Arxeologicheskiye rabotn k zapadu ot Buxarskogo oazisa. Trudn Instituta istorii i arxeologii, vnp. 8, T., 1956.