Qiziloyoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qiziloyoq — balchiqchilar kenja turkumiga mansub qush. Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Gʻarbiy Yevropa, Janubiy Osiyo va Afrikada qishlaydi. Tanasi 30 sm cha, ogʻirligi 120 g cha. Usti qungʻir, qora xolli, dumining tagi va qorni oq, oyogʻi qizgʻish. Botqoqlikdagi oʻtlar orasiga uya quradi. 4 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumini 22—24 kun ikkala jins navbatlashib bosadi. Hasharotlar, qisqichbaqalar, chuvalchanglar, mollyuskalar, baʼzan urugʻ va mevalar bilan ozikdanadi.