Qizilg'oz
Maqomi
Zaif,qisqarib borayotgan uchib o'tuvchi-uyaluvchi tur.
Tarqalishi
Orol dengizinging janubiy qirg'og'i va Amudaryo suv xavzalari(davriy uyalash,muntazam uchib o'tishi);Sirdaryo va zarafshon (uchib o'tishi).O'zbekistondan tashqarida:Yevrosiyoning Janubiy-g'arbiy,Shimoliy va Janubiy Afrika(uyalash).Kaspiy dengiz janubi,O'rta yer dengizi,Hindiston va Pokiston(qishlash).
Yashash joylari
Tekisliklardagi yirik,sayoz ko'llarning botqoqlashgan qirg'oqlari.
Soni
Doimo kam bo'lgan.Odatda bir necha o'nlab qushdan iborat galalarda ,bir necha o'ntadan bir necha yuz tagacha uchib o'tadi.Dunyodagi mashhurligi 545-680 mingta atrofida.Umumiy soni ko'payib borayotgan bo'lsada Janubiy -G'arbiy va Janubiy Osyo mashhurligi qisqarmoqda.
Yashahs tarzi
Bahorgi uchib o'tishi -mart-mayda, kuzgisi-avgust-oktabr.Suvda yashovchi umurtqasizlar va suv o'simliklari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar
Orolbo'yi suv xavzalari suv holatining o'zgarishi oqibatida yashash joylari yemirilishi,brakonerlik.
Ko'paytirish
Yevropa va Osiyo hayvonot bog'larida ko'paytiriladi