Laylaksimonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Laylaksimonlar (Ciconiiformes) — qushlar turkumi. 10 oilaga mansub turlari maʼlum. Oʻzbekistonda qarqaralar, laylaklar, ibislar oilasiga mansub 13 turi uchraydi. L.ning tumshugi, boʻyni va oyoklari uzun. Ogʻirligi 100 g dan 6 kg gacha. Arktika va Antarktikadan tashqari yer yuzining hamma qismida tarqalgan, lekin koʻpchiligi tropik va subtropik iqlimda yashaydi. Uyasini daraxtlar shoxiga, qamishzorlar orasiga, qoyalar ustiga, binolar tomiga va yerga quradi. 2—8 ta tuxum qoʻyadi. Kichikroq turlari 2,5 haftagacha, yirik turlari 5 haftagacha tuxum bosadi. Suvda va quruklikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, sut emizuvchilar, hasharotlar va boshqa bilan oziqlanadi. Monogam. Baʼzilari qishloq xoʻjaligi zararkunandalarini qirib, foyda keltiradi. L.ning 9 turi Xalqaro Qizil kitobga, bir necha turlari har xil davlatlar Qizil kitoblariga kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga 4 tur, jumladan, oq laylak va qora laylak kiritilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil