Qizil yassi temiratki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qizil yassi temiratki — terining surunkali kasalligi; bunda bilak, bilakkaft usti, boldir panja boʻgʻimi sohalariga, kamdankam shilliq qavatlarga mayda yaltiroq och pushtiqizgʻish tugunchalar toshadi, ular qattiq qichishadi.

Qizil yassi temiratkit.ni (1869-yil) aniqlab, unda uchraydigan birlamchi elementni batafsil ifodalagan. Kasallikning kelib chiqishi toʻliq aniqlangan emas, ilmiy adabiyotlarda uning kelib chiqishida turli nazariyalar (virusli yoki infeksion, nevrogen, irsiy, toksik, immunologik) mavjud. Koʻpgina olimlar kasallikning vujudga kelishini nerv sistemasi faoliyatining buzilishiga (hayajonlanish, stress va boshqalar) bogʻlaydilar, chunki bunda toshmalar nerv tolalari boʻylab joylashishi kuzatiladi.

Kasallikning asosiy belgisi toshmalar toshishi; ular aksariyat qoʻl va oyoqning bukiladigan sohalarida yuzaga kelib, soʻng butun badanga tarqaladi. Toshmalar baʼzan jinsiy aʼzolarning shilliq qavati, ogʻiz boʻshligʻi, koʻproq lunjlarda oqimtir tasmalar shaklida uchraydi va bir-biri bilan qoʻshilib pilakchalar hosil qiladi.

Kasallikning avj olgan davrida, yangiyangi toshmalar toshadi va ular kattalashib boradi. Keyin kasallik statsionar davrga oʻtadi, bunda toshmalar astasekin soʻrilib, oʻrnida toʻq jigarrang dogʻ qoladi. Kasallik qattiq qichishish bilan kechadi. Qizil yassi temiratkit.ning gipertrofik, atrofik, pufakli, oʻtkir uchli, halqasimon va boshqalar xillari farq qilinadi.

Qizil yassi temiratkit. roʻyirost namoyon boʻlganda unga darhol toʻgʻri diagnoz qoʻyish mumkin.

Davosi. Birinchi navbatda, kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, infeksiya oʻchoqlarini sanatsiya qilishdan iborat; fizioterapiya, gipnoz bilan davolash, tuzalinqiragan (remissiya) davrida Chimyon, Chortoq va boshqalar sanatoriylarda davolanish yaxshi naf beradi.