Qizil va qora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qizil va qora

1854-yilgi fransuzcha nashr muqovasi
Asl nomi Le Rouge et le Noir
Muallif(lar) Stendal
Mamlakat Fransiya bayrogʻi Fransiya
Til fransuzcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1830-yil
Nashriyot
  • A. Levasseur
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi
Sahifalar soni
  • 592 bet (1986)
  • 788 bet (2015)
  • 688 bet (2018)
ISBN ISBN 978-9943-22-240-3

"Qizil va qora"—fransuz yozuvchisi Stendal qalamiga mansub roman.Ilk bora 1830-yil 13-noyabrda A.Levasseur nashriyotida chop etilgan. Asar voqealari 1820-yillarda Fransiyada boʻlib oʻtadi. Ushbu roman XIX asrning soʻnggi choragida psixologik realizmning ilk namunasi sifatida tanilgan. 

Asar oʻzbek tiliga 1950-yillarda rus tilidan tarjima qilingan. 1986-yilda G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti tomonidan 592 betli qattiq muqovada 30 000 nusxada nashr etilgan. 2015-yilda esa "Yangi Asr Avlodi" nashriyoti 788 betli qattiq muqovada nashr etdi. Asar oʻzbek tilida soʻnggi marta 2018-yilda "Oʻqituvchi" nashriyoti tomonidan 688 betli qattiq muqovada krill yozuvida nashr etildi.[1]

Nomlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Qizil va qora“ romanining nomi juda koʻp bahs-munozaralarga va hayratga sabab boʻldi. Uni tushunish chuqur mulohaza talab qilar edi. 19-asrning ikkinchi va uchinchi oʻn yilliklarida yozuvchilar asarlarga gʻayrioddiy, sirli nomlarni qoʻyishni odat qilib oldilar. Ammo Stendaldan farqli oʻlaroq, ular har doim u yoki bu shaklda oʻz yechimini taklif qilgan matn bilan izohlangan. Qizil va qora asarining sarlavhasida oʻziga xos topishmoq yashiringan.

Qizil — bu shijoatli yoshlik, oliy maqsadga erishish istagi, joʻshqin qon ramzi.

Qora — shu maqsadga yetish uchun oson yoʻl, hiyla-nayrang bilan erishiladigan choʻqqi.[2] 

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asar syujeti Stendal gazetada oʻqigan maqoladan olingan boʻlib, bu oʻsha davrga xos boʻlgan odatiy holat.

Fransiyadagi Veryer deb nomlangan shaharchaning meri janob de Renal uyiga Julyen Sorel ismli yigitni ishga oladi.

U oʻta ketgan shuhratparast inson edi. Dinshunoslikni oʻrganadi, Injil sahifalarini yoddan oʻqiydi. Julyenning muomalasi va xush xulqi janob de Renalnikidan farq qilardi va shu sababli de Renal xonim yosh yigitchaga eʼtibor bilan qaray boshlaydi, vaqtlar oʻtib Julyenni sevib qoladi. Ammo xonim taqvodor edi, u doim vijdon azobida yashaydi. Julyen va de Renal xonim oʻrtasidagi munosabatlar haqida nomaʼlum xat olgan janob de Renal yigitchani uydan uzoqlashtiradi.

Orada Julyen Bezansondagi diniy seminariyada tahsil oladi. Biroz oʻtib markiz de La Molga kotib boʻlib ishga oʻtadi. Julyendagi mehnatkashlik va tirishqoqlikni koʻrgan de La Mol unga murakkab vazifalarni ham ishonib topshira boshlaydi.

Bu xonadonda yigit markizning qizi dunyoviy jamiyatda yashashni istaydigan Matilda bilan uchrashadi. Qizning magʻrurligini Julyenning befarqligi yengib chiqadi va Matilda unga oshiq boʻlib qoladi. Qiz turmushga chiqishni istayotgani haqida xabar beradi. Biroq Julyenning yorqin rejalarini madam de Renaldan kelgan bir xat parchalab yuboradi.

Xatning qisqacha mazmuni: „Bu yigit muvaffaqiyatga erishish uchun ojiz ayol sevgisidan foydalanadi“, — talqinida edi.

Julyen oʻch olish uchun de Renal xonimning oldiga yoʻl oladi, cherkovda sobiq sevgilisini otadi. Madam de Renal oʻlmay qoladi. Julyenni hibsga olishadi. Matilda sevgilisini qutqarish uchun oilasi nomidan, pullaridan foydalanadi, hatto de Renal xonim ham Julyenni oqlashlarini soʻrab hakamlarga murojaat qiladi. Hamma narsa foydaga hal boʻlayotgan bir paytda Julyenning burjua jamiyatini yomonlab soʻzlagan nutqi tufayli uni oʻlimga mahkum etishadi.

Qamoqda Julyen de Renal xonim bilan yarashadi, tavba qiladi. Umri davomida faqatgina shu insonni sevganini anglab yetadi. Yigit bu hayotda oʻzi istagan barcha narsaga erishganini va oʻlim ularning hammasiga nuqta qoʻyajagini aytadi. Julyenning oʻlimidan uch kun oʻtib de Renal xonim ham vafot etadi.

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Julyen Sorel -romanning bosh qahramoni. U yepiskop boʻlishni xohlaydi, lekin faqat bitta narsani — bu lavozim bilan bogʻliq imtiyozlarni orzu qiladi. Uning oʻzi Xudoga ishonmaydi.
  • Renal xonim (Luiza de Renal) — Verrieres shahri meri Renalning rafiqasi.Samimiy, sodda va sodda.
  • Matilda de La Mol — 19 yoshli qoʻpol, hissiyotli, tanishlariga nisbatan istehzoli, otasining doʻstlari bilan ikkiyuzlamachilik qilmaydi. Oʻzini boladek tutadi. Sekin-asta otasining kitoblarini oʻqiydi. Zamonaviylikning noroziligi qanchalik koʻp boʻlsa, unga hayot shunchalik qiziqarli koʻrinadi.
  • Abbot Pirard — Sorel u bilan seminariyada uchrashadi. Janob de La Mole unga boshqa joyga koʻchib oʻtishga yordam beradi.
  • Janob de La Mol — maxfiy uchrashuvlarda qatnashadi, 1820-yillarning qiroliga oʻxshaydi. Katta kutubxonaga ega. U boshidanoq Sorelga yaxshi munosabatda boʻladi, uning kelib chiqishini mensimaydi. Uni ish uchun qadrlaydi, biznesda yordam beradi.
  • Kont de Taler- yahudiyning oʻgʻli, sodda fikrli, shuning uchun u jamiyat taʼsiriga berilib ketadi va oʻz fikriga ega emas. U duelda Matilda sharafini himoya qilgan Markiz de Kruazuani oʻldiradi, uning gʻoyib boʻlish sababi haqidagi mish-mishlarni rad etadi.
  • Janob Renal — Verrière shahri meri. Gubernatorni Valnoga koʻrsatishga taklif qiladi. Keyin Valnoning oʻzi mer boʻladi. Ikkalasi ham boshqalar ular haqida nima deb oʻylashidan xavotirda.

Ekranlashtirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1920-yil — Qizil va qora — italyan filmi, rejissyor Mario Bonnard
  • 1954-yil — Qizil va qora — fransuz kinofilmi, rejissyor Klod Otan-Lara
  • 1961-yil — Qizil va qora — fransuz telefilmi, rejissyor Per Kardinal
  • 1976-yil — Qizil va qora — Sovet filmi, rejissyor Sergey Gerasimov
  • 1993-yil — Qizil va qora — ingliz teleseriali
  • 1997-yil — Qizil va qora — fransuz telefilmi, rejissyor Jan-Daniel Veraj

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://kitobxon.com/oz/kitob/%D2%9Aizil_va_%D2%9Bora
  2. „arxiv nusxasi“. 29-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-dekabr 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]