Qiyosiy grammatika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qiyosiy grammatika — ikki yoki undan ortiq tilni oʻzaro qiyoslash orqali ulardagi oʻxshashlik yoki tafovutlar belgilanadigan grammatika; "kontrastiv grammatika" deb ham ataladi. Q.g. tillarning fonologik, morfologik, sintaktik, semantik va leksik sathlarini qiyoslab oʻrganadi. Tillarni bunday oʻrganish qiyosiy metod vositasida amalga oshiriladi. Bunda oʻzaro qarindosh tillar yoki turli tizimdagi tillar qiyoslab oʻrganiladi. Oʻzaro qarindosh tillar qiyoslanganda, qiyosiytarixiy metoddan ham foydalanilsada, tillar sinxron tarzda oʻrganiladi.

Q.g. asoschisi ruspolyak tilshunosi Boduen de Kurtene hisoblanadi. Yevropa tilshunosligida Q.g. elementlari 18—19-asrlarda yaratilgan grammatikalarda koʻzga tashlanadi. Hindevropa tillarining dastlabki Q.g.lari nemis olimlari F.Bopp va A.Shleyxerlar tomonidan yozilgan. Q.g.ning asosiy tamoyillari va qiyosiy metodning tilshunoslik metodi sifatida shakllanishi 20-asrning 30—40-yillariga toʻgʻri keladi. Q.g. nazariyoti va amaliyotiga yevropa va rus tilshunoslaridan Sh.Balli, S.I.Bernshteyn, Ye.D.

Polivanov, L.V.Shcherba, A.A.Reformatskiy va boshqalar katta hissa qoʻshganlar. Oʻzbekistonda Q.g. ga oid amaliy tadqiqotlar Ye.D.Polivanov, V.V.Reshetov, I.A.Kissen, O.A.Azizov, Sh.Rahmatullayev va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Polivanov Ye.D., Russkaya grammatika v sopostavlenii s uzbekskim yazmkom, T., 1933; Yarseva V.N., Kontrastivnaya grammatika, M., 1981; Azizov A.A., Sopostavitelnaya grammatika russkogo i uzbekskogo yazmkov, T., 1983. Gavhar Toʻxliyeva.