Qisir qolish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qisir qolish — yosh chorva mollarining jinsiy voyaga yetganda yoki katta yoshdagi urgʻochi hayvonlarning tuqqandan keyin maʼlum fiziologik muddatlarda urugʻlanmay qolishi. Qisir qolishga chorva mollarini qochirshi va sunʼiy urugʻlantirish ishlarini tashkil qilish va oʻtkazishdagi kamchiliklar, sperma olish vaqtida veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilmaslik, sunʼiy urugʻlantirish texnikasining notoʻgʻriligi (yaxshi ishlamasligi), chorva mollarini urugʻlantirish rejasining yoʻqligi, hayvonlar boʻgʻoz boʻlgan yoki qisir qolganligini oʻz vaqtida tekshirmaslik, hayvonlar kuyikkan davrida ularni qochirish va urugʻlantirish muddatlariga eʼtibor bermaslik va boshqa, shuningdek, mustahkam ozuqa bazasining yoʻkligi, chorva mollarini asrashda noqulay sharoit, hayvonlar jinsiy organlarining kasalliklari, tugʻma anomaliyalari va boshqa ham sabab boʻladi. Yangi tuqqan sigirlar 80— 85 kundan soʻng qochirilishi lozim. Ushbu muddat optimal servis davri deb qabul qilingan. Bu davrning har bir kuni (choʻzilishi) Qisir qolishga olib keladi. Optimal muddatdagi servis davrida qochirilganda har 100 sigirdan yil davomida 100 buzoq olinadi. Agar optimal servis davri 120 kunga choʻzilsa, unda qisirlik muddati 40 kunni tashkil etadi va har 100 bosh sigirdan 86 ta buzoq olinadi.

Tanalarning optimal (17—18 oy) qochirish yoshi 1—2 oy kechiktirilganda ularning har biridan sogʻiladigan sut miqdori 300–600 kg ga kamaiib ketishi mumkin.

Ubaydulla Nosirov.