Qishloq xoʻjaligi xaritasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qishloq xoʻjaligi xaritasiqishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining joylashuvi, holati va istiqbolini, shuningdek, qishloq xoʻjaligini boshqarishning iqtisodiy va tashkiliy-texnik sharoitlarini aks ettiruvchi maxsus geografik xarita. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rejalashtirishda, qishloq xoʻjaligini boshqarishning amaliy masalalarini ishlab chiqishda, shuningdek, yerdan oqilona foydalanish, uning sifati va maydonini hisobga olishda maʼlumotnoma-qoʻllanma boʻlib xizmat qiladi. Melioratsiya, yer tuzish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash va boshqa agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqishda, oʻquv va ilmiy ishlarda, maʼlum bir hududping qishloq xoʻjaligi geografiyasi va iqtisodiyotini batafsil oʻrganishda qoʻllaniladi. Xari-tada qishloq xoʻjaligi yerlari, irriganiya va kollektor-drenaj tarmoqlari, maʼmuriy va xoʻjalik chegaralari, yoʻllari va boshqa elementlar tasvirlanadi. Xarita aerofotosʼyomka materiallari asosida tayyorlanadi. Masshtabi qishloq xoʻjaligi zonalariga qarab 1:25000 — 1:200000, sugoriladigan zonalar uchun 1:25000, lalmi yaylovlar uchun 1:50000 va undan kichik. Qishloq xoʻjaligix. seriyasi ham mavjud, bularga yerdan foydalanish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash, yaylov tiplari, qishloq xoʻjaligini rayonlashtirish va ixtisoslashtirish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining tarqalishi, qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, agroiqlim va boshqa xaritalar kiradi.

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]