Qishloq hayoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"QISHLOQ HAYOTI" — ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy gazeta. 1974 yil 1 yanvar dan "Qishloq haqiqati" (1974—89 yil larda ruschaga oʻgirilib "Selskaya pravda") nomi bilan oʻzbek va rus tillarida chop etilgan. 1993 yildan hozirgi nomda. Toshkent shahrida nashr etiladi. Respublika qishloklarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti, agrar siyosat, qishloqlarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, jahonda agrar sohadagi fan-texnika yutuqlari, dehqon va fermer hoʻjaliklarining hayoti, muammolari, urugʻchilik va seleksiya, dehqonchilik, chorvachilik masalalari yoritiladi. Tahririyatining "Nigoh", "Tahlil", "Buni hayot deydilar", "Qishloqsagi duv-duv gap", "Bunga nima deysiz", "Hangoma", "Gurung" va boshqa rukunlari omma-bopligi bilan ajralib turadi. 1999 yil dan bosh muharrir Oʻtkir Rahmat. Adadi 18—25 ming nusxa.