Qishki quyosh turishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qishki quyosh turishi - Quyosh gardishining osmon gumbazidagi yillik koʻrinma harakati davomida gardish markazining ekliptikaning eng jan. nuqtasidan oʻtish payti. Bu paytda Quyoshning ogʻish burchagi — 23°27’ boʻladi. Qishki quyosh turishit. paytiga yaqin kunlarda Quyoshning koʻrinma harakati ekvatorga deyarli parallel boʻladi, natijada uning tush paytidagi balandligi bir xil boʻlib, kun uzunligi oʻzgarmaydi. Tropik yil (365,2422 sutka) bilan kalendar yili (365 yoki 366 kun) teng emasligi sababli, Qishki quyosh turishit. kalendar sut-kaning boshlanishiga nisbatan turli vaqtlarga mos keladi, oddiy yillarda 5 soat 48 min. 46 sek. kechroq, kabisa yilida esa 18 soat 11 min. 14 sek. oldinroq kelishi mumkin. Hozirgi paytda Quyosh Qishki quyosh turishit. nuqtasidan 21 yoki 22 dekabrda (astronomik qish boshlanadi, chilla kiradi) oʻtadi. Quyosh Qishki quyosh turishit. boʻlganida Shimoliy yarim sharda eng qisqa kun va eng uzun tun, Janubiy yarim sharda esa aksincha boʻladi.