Qirsichqonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qirsichqonlar - kemiruvchilar turkumiga mansub sut emizuvchi hayvonlarning kenja oilasi. Baʼzi olimlar fikricha, mustaqil oila. 40 ga yaqin urugʻi mavjud. Shim. yarim shar materiklari va koʻpgina orollarida, Shim. Afrika, Hindiston, Yaponiya, Kuril, Komandor orollari, shuningdek, Meksikaning Shim. qismigacha boʻlgan joylarda tarqalgan. Tanasining uz. 10—12 sm, baʼzilari-niki 36 sm gacha. Dumi tanasining yarmicha. Rangi — qoʻngʻir yoki kulrang . Jagʻ tishlari doim oʻsib turadi. Koʻpchilik turi koloniya boʻlib yashaydi. Yil boʻyi faol hayot kechiradi. Oʻsimliklarninger ustki qismlari bilan oziqlanadi. Yilda 4—6 marta 4—8 tadan bola tugʻadi. Koʻpgina qishloq xoʻjaligi ekinlarining xavfli zararkunandasi. Tulyaremiya, leptospiroz kabi kasalliklar qoʻzgʻatuvchilarining tabiiy manbai. Iirik turlari (mas, ondatra) moʻynasi uchun ovlanadi. Oʻzbekistonda oddiy Q, zakas-piy qirsichqoni, jamoatchi Q. va boshqa tarqalgan.