Qirolicha meri yeri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qirolicha meri yeri - Sharqiy Antarktidaning 92°03’ va 100°04’ shq.u.lar oraligʻidagi qismi. Gʻarbda Vilgelm II, sharqda Uilks Yeri bilan chegaradosh. Qirgʻoqlarini Deyvis va Mouson dengizlari yuvib turadi. Hududining aksari qismi qalinligi 2500–3000 m li muz bilan qoplangan, sohil qismida tub jinslar qisman ochilib qolgan. D. Mouson boshchiligidagi Avstraliyaning Antarktika ekspeditsiyasi tomonidan 1912 yilda kashf qilingan va ingliz qirolichasi nomi bilan atalgan. Hududda observatoriya ishlab turibdi.