Qiljagʻlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qiljagʻlilar - dengiz umurtqasiz hayvonlari tipi. 6 urugʻ, 30 turi maʼlum. Tanasi (5 mm — 9 sm gacha) tiniq, choʻziq. Yon va dum suzgich qanotlari bor. Boshidagi oʻroqsimon qili (nomi shundan) yordamida oʻljasini tutadi. Gavdasi, ikkilamchi tana boʻshligʻi koʻndalang toʻsiqlar bilan bosh, tana va dum qismlariga boʻlingan. Qon aylanish va ayirish sistemasi yoʻq. Nerv sistemasi halqum usti nerv tuguni va tolalar bilan tutashgan qorin gangliyasidan iborat. Germafrodit (qarang Germafroditizm). Yirtqich plankton bilan oziqlanadi.