Qilichbardorlar ordeni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qilichbardorlar ordeni - nemis katoliklarining diniy-ritsarlik harbiy tashkiloti. Sharqiy Boltiqboʻyi yerlarini bosib olish maqsa-dida 1202 yil Riga yepiskopi Albert hamda Rim papasi Innokentiy III hamkorligida barpo etilgan. Ritsarlarning oq chakmonlarida krest (xoch) bilan qizil qilich tasviri boʻlganligi uchun shunday atalgan. 1236 yil litvalar va zemgallarning birlashgan kuchlari Qilichbardorlar ordeni qoʻshinlarini tor-mor keltirganidan soʻng , 1237 yil ordenning qolgan-qutgan qismi Tevton ordeni bilan birlashib, Sharqiy Boltiqboʻyida Livon ordenini tashkil etgan.