Qidirboy Soipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qidirboy Soipov (1939.10.9, Qoraqalpogʻistonning Chimboy tumani — 1972.28.10, Nukus) — teatr rassomi, Qoraqalpogʻistonda (1965) va Oʻzbekistonda (1969) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1957). Qoraqalpogʻiston teatrida rassom, bosh rassom (1958—72). S. yaratgan dekoratsiya eskizlarida spektakllarning davr ruhini berishga intildi, asar ruhiga mos sahna bezaklari yaratdi: "Baxt" (1957), "Berdaq" (1958), "Oygul va Obod" (1959), "Qoraqalpoq qizi" (1967), "Mamanbiy" (1971) va boshqa S, shuningdek, portret ("Zauraning portreta", 1967) va manzaralar ("Amudaryoda oqshom", 1963) ham yaratgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1970).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil